01:17 / 01.06.2017
12118

Ramos YeChL finaliga Pikeni taklif qildi

"Real Madrid" himoyachisi Serxio Ramos "Yuventus"ga qarshi kechadigan Chempionlar Ligasi final o‘yinida uni 20 nafarga yaqin odam qo‘llab-quvvatlashini aytdi. 

"Kardiffga meni qo‘llab-quvvatlash uchun deyarli 20 nafarcha odam keladi. Men Xerard Pikega ham taklif yubordim, biroq u javob bermadi. 

Chempionlar Ligasi final o‘yinidan oldingi kunlarni ukam, turmush o‘rtog‘im va farzandim bilan birga uyda o‘tkazaman. Men bor e'tiborimni "Yuventus"ga qarshi o‘yinga qaratmoqchiman. Menda uyqu bilan muammo yo‘q – tinch va qattiq uxladim", – dedi Ramos. 

Jamoalar o‘rtasidagi final o‘yini 3 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top