19:31 / 01.06.2017
4680

Toshkent yo‘llaridagi YTHlar soni o‘tgan yilga nisbatan 101taga kamaydi

Foto: "Kun"

Shu yilning 25-31 may kunlari oralig‘ida Toshkent chorrahalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 7564ta qoidabuzarliklar aniqlangan. YHQni buzish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida shu muddat davomida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari 18 ming 724ta qoidabuzarlikni qayd etib, tegishli ma'muriy bayonnomalarni rasmiylashtirgan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot brifingida ma'lum qilindi.

Kamera va radarlar orqali aniqlangan qoidabuzarlikka doir raqamlar quyidagichani tashkil etgan:

•  3934 ta sfetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish;
•  3630 ta tezlikni belgilangan me'yordan oshirish

Hafta davomida 20ta YTH sodir bo‘lgan, halok bo‘lganlar 1 nafarni, jarohatlanganlar 26 nafarni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida 34 ta YTH yuz bergan, ularda 4 nafar inson  hayotdan ko‘z yumgan, 33 kishi tan jarohati olgan. 2017 yil 15 mart kuni kuzatuv kameralari joriy etilgandan so‘ng YTHlari soni 247tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 101taga, hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 32 nafarni tashkil etib, 23taga, tan jarohati olganlar soni 286 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 121taga kamaygan.

Top