17:43 / 02.06.2017
11858

31 may kuni Toshkentda YTH tufayli 3 kishi jarohat oldi, bir inson vafot etdi

2017 yilning 31 may kuni Toshkent shahri hududida 4 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

2017 yilning 31 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3273 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 836 tasini qo‘pol turdagi 15 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etadi. 

Toshkent shahar IIBB YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan tomonidan 2017 yil 31 may kuni jami 1054 huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 582 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 472 tasini belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top