01:23 / 02.06.2017
18891

AQSh ballistik raketa nishonga olinishi videosini namoyish qildi

Foto: © REUTERS/Lucy Nicholson

Internetda AQShning raketalarga qarshi mudofaa agentligi o‘tkazgan raketani nishonga olish videosi paydo bo‘ldi. Raketalarga qarshi mudofaa tizimining raketasi Tinch okeanidagi Marshall orollaridan uchirilgan raketani nishonga olgan, deb xabar bermoqda Popular Mechanics nashri.

Raketa sinovi 30 may kuni o‘tkazilgan.

AQShning raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi turli tipdagi raketalarning bir necha eshelonidan tashkil topgan. Unda eng olis to‘siq parvoz trayektoriyasining faol hududidagi quruqlikdagi raketaga qarshi mudofaa tizimi hisoblanadi. Unga bugungi kunda 40 taga yaqin GBI (Ground-Based Interceptor) raketasi kiradi. Hammasi bo‘lib 225 ta bunday raketa joylashtirish mo‘ljallangan, 2017 yilda tizimga sarflanadigan xarajatlar 40 mlrd dollargacha yetadi. 

Sinovlar Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar sinoviga javoban amalga oshirilgan. Ta'kidlanishicha, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan.   

Top