18:33 / 02.06.2017
9193

BMT Trampning qarori tufayli dunyo harorati 0,3 darajaga isishidan ogohlantirdi

Foto: Reuters

AQShning iqlimga oid Parij kelishuvidan chiqishi 2100 yilga borib, dunyo haroratining 0,3 darajaga isishiga olib kelishi mumkin. Bu haqida BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) mutaxassisining so‘zlariga asoslanib, AR xabar berdi. 

BMT JMT iqlimiy va ob-havo dasturlari kuratori Deon Terblanshning so‘zlariga ko‘ra, haroratning oshishiga ko‘plab omillar ta'sir ko‘rsatadi, AQShning Parijda qabul qilingan deyarli dunyoning barcha mamlakatlari tomonidan qabul qilingan xalqaro kelishuvga amal qilmasligi esa, haroratning Tselsiy bo‘yicha 0,3 darajaga isishi xavfini keltirib chiqaradi. 

Terblansh, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni kelishuvdan olib chiqish qarori haqida e'lon qilganidan keyin BMT JMT prognozlarning boshqa modelini ishlab chiqmaganini ma'lum qildi. 

Agentlikning ta'kidlashicha, Parij kelishuvi XXI asr oxiriga qadar haroratni Tselsiy bo‘yicha 2 darajadan ortiqqa oshirmaslik uchun ham ishlab chiqilgan.

Yaqinda prezident Donald Tramp AQShning Parij kelishuvidan chiqishi haqida e'lon qildi. 

Ko‘plab siyosatchilar, olimlar, ishbilarmonlar va yulduzlar (Leonardo Di Kaprio, Arnold Shvartsenegger, Ben Stiller, Keti Perri va Sher) bu qarorni tanqid qilib chiqishdi.

O‘z navbatida, Amerika kompaniyalari AQShning kelishuvdan chiqishiga qaramay, SO2 chiqindilarini qisqartirishga qaror qilishdi. 

 

Top