11:30 / 02.06.2017
8115

Filippin poytaxtidagi hodisa tufayli 30dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Filippin poytaxti Manila shahridagi mehmonxonada ro‘y bergan otishma va yong‘indan keyin o‘t o‘chiruvchilar hududdan 34 kishining jasadini topishdi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlarning aksari bo‘g‘ilishdan halok bo‘lishgan.

Hodisa 1 iyun oqshomidagi mehmonxona kazinosida ro‘y bergan. Talonchilik qilish maqsadidagi qurollangan shaxs avval o‘t ochgan, keyin hayotiga suiqasd qilgan.

Mavzuga oid
Top