16:58 / 02.06.2017
6222

Microsoft Google'dan voz kechgan foydalanuvchilarni rag‘batlantiradi

Foto: Microsoft

The Independent’ning xabar berishicha, Microsoft Google foydalanuvchilarini o‘ziga og‘dirib olishni rejalashtirmoqda. Kompaniya buning uchun bonuslar qo‘shib boruvchi maxsus dasturni ishga tushirdi. U hozircha faqat Buyuk Britaniyada ishlamoqda.

Shartlarga ko‘ra, foydalanuvchi Bing qidiruv tizimidan Microsoft hisobga olish yozuvi orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Yuzerlar har bir qidiruv murojaati bo‘yicha sovg‘a ballarini qo‘lga kiradi.

Barcha foydalanuvchilar yangilar va tajribaliroqlarga bo‘lindi. Shu tariqa, ilk bora tizimga kirganlar kuniga 10 ochkodan ko‘proqni ololmaydi, ikkinchi toifadagilar esa – 50 ochkoni qo‘lga kiritishi mumkin.

Top