19:32 / 02.06.2017
10922

Saakashvili: Ukraina bosh vaziri bo‘lishim mumkin edi

Foto: AP

Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, mamlakat rahbari Pyotr Poroshenko unga bosh vazir lavozimini shaxsan taklif etgan. U bu haqda «Cherkassyoblenergo» OAJ ishchilari mitingiga borganida aytib o‘tdi.

«Pyotr Poroshenkoning shaxsan o‘zi menga vazirlar mahkamasi raisi lavozimini taklif qilgan, biroq men rad javobini berdim. Agarda men lavozimni egallashni istaganimda, allaqachon o‘sha kabinetda o‘tirgan bo‘lardim», - deya Saakashvilining so‘zlarini keltiradi FAN.
 
Shuningdek, u Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘yish haqida hozircha hech narsa deya olmasligini ham bildirdi.

 

Top