08:59 / 03.06.2017
6010

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

Foto: Reuters

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Kengaytirilgan sanktsion ro‘yxatga Pxenyan manfaatlariga javob beruvchi faoliyatga tegishli bo‘lgan tashkilotlar va shaxslar kiritildi.

Avvalroq Shimoliy Koreya televideniyesi yangi raketa sinovini namoyish qilgandi. Janubiy Koreya vakillari shimolliklar uchirgan "Skad" turidagi raketa Yapon dengiziga tushishdan avval 280 mil uchib o‘tganini ma'lum qilishgan. 

Bundan tashqari, AQSh Shimoliy Koreya yadroviy dasturi tufayli Rossiyaning uch kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.   

Mavzuga oid
Top