16:11 / 03.06.2017
7367

OAV: AQSh koalitsiyasining Raqqaga zarbasidan 40dan ortiq inson halok bo‘ldi

Foto: AFP

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi Suriyaning Raqqa shahriga havo zarbalari berishi oqibatida kamida 43 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda Suriya davlat televideniyesi guvohlarga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Mahalliy manbalarning so‘zlariga ko‘ra, koalitsiya samolyotlari tinch aholi vakillari bo‘lgan uyga hujum uyushtirgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar va bolalardir. 

Hozircha, RIA Novosti agentligi ushbu voqea yuzasidan AQSh va Suriya tomonining bayonotlariga ega emas. 

Raqqani IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha jangovar harakatlarni "Suriya demokratik kuchlari" olib bormoqda. Ularning asosi kurd guruhlari va arab qabilalari ko‘ngillilaridan tashkil topgan bo‘lib, Amerika aviatsiyasi va maxsus bo‘linmalari yordam ko‘rsatadi. 

Rasmiy Damashq esa, Amerika harbiylari Suriya hukumati roziligisiz mamlakat shimolida faoliyat ko‘rsatayotgani aslida intervensiya hisoblanadi. 

Top