20:43 / 03.06.2017
8805

OAV: IShID jangarilari Mo‘sulni tark etishga uringan 100 dan ortiq odamni o‘ldirishdi

Foto: Anadolu

IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Mo‘sul shahrini tark etishga harakat qilgan 120 nafar insonni o‘ldirishdi.

Bu haqda Iroq IIVning tezkor choralar ko‘rish kuchlari kapitani Darg‘am al-Haydariy Anadolu agentligiga xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning jasadlari Eski Mo‘sul hududidan topilgan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, tezkor choralar ko‘rish bo‘linmalari IShID nazoratida bo‘lgan Zenjili tumanidan 150 dan ortiq insonni evakuatsiya qildi, ular ichida 70 nafar ayollar va bolalar bo‘lgan.

Top