23:32 / 03.06.2017
10164

Toshkentda bitiruvchilarning innovatsion g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi

2017 yil 3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Inha” universitetida kasb-hunar kolleji va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini saralash “START-AP” haftaliklari – innovatsion g‘oyalar tanlovining namunaviy tarzda yakuniy tuman bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Hafta davomida o‘tkazilgan tadbirlar davomida tumandagi 10 ta kasb-hunar kolleji va 7 ta Oliy ta'lim muassasasining 1294 nafar bitiruvchisi o‘z biznes g‘oyalarini 100 dan ortiq korxona, tashkilot, tuman hokimligining iqtisodiy majmuasi tarkibidagi tijorat banklari, moliya, soliq idoralari, Bandlikka ko‘maklashish markazi va manfaatdor tashkilotlarga namoyish etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan ta'lim muassasalarini bitirayotgan loyiha tashabbuskorlari o‘z biznes loyihalarining qisqacha ta'rifi – ijtimoiy-iqtisodiy muammolar (vazifalar) yechimi, maqsadi, foydalanuvchilar auditoriyasi (mijozlar), qiymati (o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, investorlar mablag‘lari), amalga oshirish muddatlari, loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan ish o‘rinlari va boshqa ma'lumotlarni o‘z taqdimotlarida namoyish etishdi.

Tadbir davomida bitiruvchilar o‘zlarining inovatsion g‘oyalari asosida ishlab chiqqan “Start-ap” loyihalari mamlakatimiz bozorini avtomatlashtirish, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi o‘rtasida onlayn aloqani o‘rnatish tizimi, yoshlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlashga ixtisoslashtirilgan dasturlar, meva-sabzavotlar urug‘i va danaklaridan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish, oilaviy hamda nogiron va qariyalar uchun ixtisoslashtirilgan sport-sog‘lomlashtirish markazini yo‘lga qo‘yish, axborot texnologiyalar sohasini rivojlantirish kabi ko‘plab, ya'ni 100 dan ortiq innovatsion loyihalarini taqdim etishdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, 2017 yil 30 maydan 3 iyun kuniga qadar davom etgan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani dastlabki saralash bosqichi mobaynida bitiruvchilar tomonidan tijorat banklari hamda salohiyatli investorlar, davlat hokimiyati organlari vakillariga o‘z loyihalarini namoyish etishlari va o‘z bizneslarini boshlashlari uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berildi.

“Start-ap xaftaliklari” – innovatsion g‘oyalar tanlovining tuman bosqichida eng yaxshi loyihalar tashabbuskorlariga tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda ularning tadbirkorlik faoliyatlarini birinchi qadam sifatida ya'ni shu yerning o‘zidan boshlashlari uchun tijorat banklarining moliyalashtirish to‘g‘risidagi maxsus “Kreditlash sertifikatlari” bilan taqdirlandi.

Kasb-hunar kollejlariva oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilaridan
6 nafar bitiruvchining (Nig‘matjon Anvarov, Laylo Davlatyorova, Saida Jalilova, Dilmurod Madraximov, Oqiljon Azizjonov, Muxlisa Azimova, Aziza Ergasheva) “Start-ap” loyihalari tuman Ishchi komissiyasi tomonidan munosib deb topildi va tanlov g‘olibi sifatida qimmatbaho sovg‘alar hamda tijorat banklarining moliyalashtirish to‘g‘risidagi maxsus “Kreditlash sertifikatlari” bilan taqdirlandi.

“Start-ap” xaftaliklari – innovatsion g‘oyalar tanlovining yakuniy tuman bosqichida eng yaxshi deb topilgan 50 dan ortiq loyiha Toshkent shahar bosqichiga olib chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilayotgan Davlat dasturiga moliyalashtirish uchun kiritiladi.

 

Mavzuga oid
Top