19:20 / 04.06.2017
4940

Bahraynda mamlakatdagi yagona nohukumat gazetasi yopildi

Bahrayn hukumati mamlakatdagi yagona nohukumat gazetasi Al-Wasat’ning faoliyatini to‘xtatdi. Bunga esa nashrda Bahrayn haqida nomaqbul ma'lumot berilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Bahraynning BNA axborot agentligi ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, nashr "jamiyatga nifoq soluvchi va Bahrayn qirolligining boshqa davlatlar bilan munosabatlariga putur yetkazuvchi" maqolani chop etgan. 

BNA qo‘shimcha ma'lumot bermagan va nashrni yopish haqidagi qaror uning 4 iyundagi sonining 19-sahifasida chop etilgan maqoladan keyin qabul qilinganini ta'kidlab o‘tgan. 

Top