16:40 / 04.06.2017
7219

Iroqda shia bo‘linmalari IShIDdan yana bir shaharni ozod qilishdi

Foto: The Daily Star

Iroqda shialarning harbiylashgan bo‘linmalari IShIDga qarshi harbiy harakatlar davomida Al-Baaj shahrini ozod qilishdi. Iroq va Suriya chegarasida joylashgan bu qadimiy shahar ozod etilgani haqida Livanning The Daily Star nashri xabar yozdi.

Nashrning qayd etishicha, bu Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harbiy bo‘linmalar hisoblanadi.

Bu shahar ozod etilishi ortidan Suriya va Iroq chegarasidagi IShID pozitsiyalari keskin kuchsizlangan.

Ayni vaqtda Iroq hukumati armiyasi Mo‘sul uchun janglarni jadallashtirmoqda.

Mavzuga oid
Top