08:30 / 04.06.2017
19484

«Real» va «Manchester Yunayted» UYeFA Superkubogi uchun o‘ynaydi

«Real» 2017 yilgi UYeFA Superkubogi uchun bahsda «Manchester Yunayted»ga raqiblik qiladi.

Chempionlar ligasida «Real» Turinning «Yuventus» klubini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgach, kubok uchun o‘ynaydigan ikkinchi jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. YeChL finalining 20-daqiqasida madridliklar jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 7 daqiqa o‘tib «Yuventus»ning xorvatiyalik hujumchisi Mario Manjukich hisobni tenglashtirgan. 61-daqiqada «Real» yana oldinga chiqdi – braziliyalik yarim himoyachi Karlos Kasemiro gol muallifi. 64-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, jamoasi ustunligini ta'minladi. 90-daqiqada yakuniy natija Marko Asensio tomonidan o‘rnatildi.

24 may kuni «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi finalida «Ayaks»ni 2:0 hisobida yengib, Superkubok uchun o‘ynaydigan bo‘lgandi.

«Real» va «MYu» o‘rtasida Superkubok uchrashuvi 8 avgust kuni Makedoniya poytaxti Skope shahrida bo‘lib o‘tadi.

Top