12:00 / 05.06.2017
6971

Azar jiddiy jarohat oldi. U yangi mavsumning dastlabki qismini o‘tkazib yuborishi mumkin

«Chelsi» va Belgiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azar terma jamoa mashg‘ulotlari paytida to‘pig‘ suyaklarini sindirib oldi.

26 yoshli futbolchining tiklanishi uchun 6-8 hafta vaqt talab qilinishi aytilmoqda. Katta ehtimol bilan Azar premer-liganing boshlang‘ich qismini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Belgiya terma jamoasi rasmiy tvitteri bergan ma'lumotga ko‘ra, Azar terma jamoaning Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik va JCh-2018 saralash bosqichi doirasdagi Estoniyaga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga oid
Top