13:08 / 05.06.2017
16491

Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan davlatlar soni yana bittaga ko‘paydi

Foto: Getty Images

Liviya ham Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganini ma'lum qildi. 

Bu haqda Sky News Arabia xabar tarqatdi.

Avvalroq Bahrayn, Saudiya Arabiston, Misr, BAA va Yaman Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzishayotgani haqida ma'lum qilishgandi. Xabar qilinishicha, BAA qatarlik diplomatlarga mamlakatni tark etish uchun 48 soat vaqt bergan.

Qatar TIV esa ushbu qarorni asossiz, deb hisoblashini ma'lum qildi.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top