"Legiya" Polsha chempionatining so‘nggi turida o‘z uyida "Lexiya" bilan durang o‘ynab, qatorasiga ikkinchi bor musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
"Legiya" musobaqa yakuniga ko‘ra "Yagelloniya", "Lex" va "Lexiya"ni 2 ochkoga ortda qoldirdi.
"Yagelloniya" va "Lex" so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelib, 2:2 hisobida durang qayd etishdi.
"Legiya" o‘z tarixida 12-bor Polsha chempionligini qo‘lga kiritdi.