10:31 / 05.06.2017
20172

Pensiya bo‘yicha “1106” raqamli “ishonch telefoni” ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi “Pensiya va nafaqalarni to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2826-sonli Qaroriga muvofiq, Xalq banki respublika bo‘yicha pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli bankka aylandi.

Bank axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, endilikda pensiya va nafaqalar pensionerlarning o‘zlari istiqomat qiladigan mahalla hududidagi maxsus xonalarda naqd pul shaklida tarqatib kelinmoqda. Xalq banki sayyor kassalari tomonidan mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga, betob kishilarning uylariga borib, pensiya hamda nafaqalarini tarqatilayotgani ko‘plab yoshi keksa insonlarga qulaylik tug‘dirmoqda.

Pensiya mablag‘larini tarqatilishi jarayonida yuzaga keladigan muammo va shikoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha “1106” qisqa raqamli “ishonch telefoni” ham tashkil etildi. 

Endilikda pensionerlar o‘z pullarini olishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammo haqida ushbu qisqa raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Top