15:50 / 05.06.2017
25501

Turkiya Qatar bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

Foto: IslamNews

Turkiya qator arab mamlakatlarining Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilganidan afsusda. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Mevlud Chavusho‘g‘li ma'lum qildi.

«Vaziyat bunday tus olganidan qayg‘udamiz. Albatta, mamlakatlar o‘rtasida muammolar, qarama-qarshiliklar bo‘lishi mumkin, biroq nima bo‘lganda taqdirda ham muloqot davom etishi kerak», - deya uning so‘zlarini keltiradi Hurriyet.

Chavusho‘g‘lining qayd etishicha, Turkiya vaziyatni hal qilishda istalgan ko‘makni berishga tayyor.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top