08:50 / 06.06.2017
4416

Apple iMac Pro’ning yangi versiyasini taqdim etdi

Apple kompaniyasi Xeon’ning 8, 10 va 18 yadroli protsessorlariga ega iMac Pro’ning yangi versiyasini taqdim etdi. Apple’da ishlab chiqaruvchanlik darajasi 22 teraflopsgacha bo‘lgan yangi professional ishchi stansiyani “eng kuchli iMac” deb atashgan. Qurilma WWDC 2017 anjumanida taqdim etildi.

Apple vakillari so‘zlariga ko‘ra, yangi ishchi stansiya mashinada o‘qitish, real vaqtdagi 3D-rendering va VR-grafikani yaratish uchun “juda mos tushadi”.

Ishlab chiqaruvchanlik darajasi – 11 teraflopsgacha, 16 GB va 128 GB.lik Radeon Vega videokartasi. Kompyuterlarda to‘rtta Thunderbolt porti va yangi sovutish tizimi o‘rnatiladi.

iMac Pro’ning sakkiz yadroli protsessor, 32 GB.lik operativ xotira va 1 TB.lik jismoniy xotiraga ega boshlang‘ich versiyasi dekabrda 4999 dollardan sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, Apple iMac’ning yangilangan versiyalarini taqdim etdi, ularda 2 TB.lik yaxshilangan SSD-disklari bo‘ladi. Operativ xotira 32 GB bo‘lgan versiyada 21,5 dyuymli, 64 GB.likda esa – 27 dyuymli displey o‘rnatiladi.

4K-displeyga ega iMac 1299 dollar tursa, 5K kenglikka ega va 27 dyuymlik ekranlisi – 1799 dollar. 21,5 dyuymli ekranga ega versiya esa 1099 dollar turadi. Barcha kompyuterlar joriy yilning so‘nggiga qadar sotuvga chiqadi.

Top