00:32 / 06.06.2017
11169

Apple qator yangi mahsulotlarini namoyish qildi

Amerikaning Apple kompaniyasi San-Xosedagi Worldwide Developers Conference (WWDC) texnologik konferensiyasini doirasida o‘z mahsulotlari taqdimotini o‘tkazmoqda. 

Kompaniyaning yangi mahsulotlari - eng qudratli iMac Pro, Macbook Pro'ning yangilangan noutbuki,  High Sierra va iOS 11 operatsion tizimlarini qayd etish mumkin. CNBC shu haqida xabar berdi. 

Apple kompaniyasi High Sierra nomi ostida Mac OS operatsion tizimining yangi versiyasini namoyish etdi. Unda Apple File System yangilangan fayl tizimi va virtual reallik garnituri paydo bo‘ladi.

Kompaniyaning katta vitse-prezidenti Kreyg Federigining aytishicha, Apple File System katta hajmli fayllarni uzatishga mo‘ljallangan. Tizim 4K-videoni maqsad qilgan.

Safari'ning yangilangan versiyasida avtomat ravishda ishga tushuvchi roliklar bloklovchisi o‘rnatilgan. Shuningdek Federigining ta'kidlashicha, macOS'dagi brauzerda reklama maqsadlarida ma'lumotlarni kuzatish texnologiyasi o‘chirib qo‘yiladi. Ikki funksiyaning qanday ishlashi hozircha noma'lum. 

Bundan tashqari, Apple kompaniyasi Apple TV uchun tvOS'ni yangiladi, Prime Video qo‘shildi. 

Mavzuga oid
Top