10:17 / 06.06.2017
16384

BAA Qatar bilan munosabatlar qanday shartda tiklanishini ma'lum qildi

Foto: RIA "Novosti"

Qatar Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan munosabatlarni tiklash uchun “yo‘l xaritasini”, uni bajarish kafolati bilan birga taklif qilishi kerak. Bu haqda BAAning tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Anvar Qarqash ma'lum qildi.

"Buzilgan kelishuvlardan so‘ng ishonchni qaytarish kerak, kafolatga ega yo‘l xaritasi darkor", - deya yozdi Qarqash ijtimoiy tarmoqdagi o‘z mikroblogida Qatar bilan diplomatik aloqalar uzilganiga izoh berarkan.

Dushanba kuni BAA Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Misr ketidan Qatar bilan diplomatik aloqalar uzilgani va ushbu davlat bilan har qanday qatnov to‘xtalishi haqida ma'lum qildi.

"Biz ochiqlik va shaffoflikni tanladik, anarxiya o‘rniga barqarorlikni tanladik, biz mo‘'tadillik va rivojni tanladik, biz ishonch va aniqlikni tanladik, biz Salmon (Saudiya Arabistoni qiroli – tah.) va Saudiya Arabistonini tanladik", - deya ta'kidlab o‘tgan Qarqash.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “birodarlarning” qarori (Qatar bilan qo‘shni davlatlar – tah.) uzoq yillik sabrdan so‘ng qabul qilindi. Qarqashning ko‘rsatishicha, Qatar bilan mojaro “qarorlarni qabul qilishdagi erkinlik va suverenitetga tegishli emas, biroq Fors ko‘rfazidagi xavfsizlik va barqarorlikka rahna solishga qaratilgan siyosatni inkor etishdan iboratdir”.

Top