18:48 / 06.06.2017
6327

YeI davlatlari Qrimga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirishga kelishib oldilar

Foto: RIA "Novosti"

YeI a'zo davlatlarining Yevropa Ittifoqi Kengashidagi doimiy vakillari Qrimga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga cho‘zdirishga kelishib olishdi. Bu haqda RIA «Novosti» manbaga tayangan holda xabar berdi.

«Doimiy vakillar bugun sanksiyalarni yana bir yilga, hech qanday o‘zgartirishlarsiz cho‘zdirish haqida qaror qabul qilishdi. Agarda hech narsa o‘zgarmasa, xorijiy ishlar bo‘yicha Kengash bu qarorni kelasi yig‘ilishda (19 iyun – tah.) tasdiqlaydi», - degan u.

Ta'kidlanishicha, Qrimga nisbatan hozirgi sanksiyalar 2017 yilning 23 iyuniga qadar amal qiladi.

Mavzuga oid
Top