O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator muhim lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda "Postda" nashrida ma'lum qilindi.
Xususan, podpolkovnik Azim Shuhrat Obid o‘g‘li – IIV Xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
polkovnik Xodjayev Ulug‘bek Utkurovich – IIV huzuridagi “Qo‘riqlash” birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga;
podpolkovnik Qosimov Fayzulla Faxrillayevich – IIV huzuridagi “Qo‘riqlash” birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga;
podpolkovnik Galipshin Nail Mintalipovich – IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
polkovnik Parpiyev Anvar Qodirovich – Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
podpolkovnik Egamberdiyev Baxtiyor Isomiddinovich – Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Jo‘rayev Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich – Andijon viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Kabulov Quanishbay Jalgashovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
mayor Ibragimov Dilshodbek Ataxanovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Saidinov Isroiljon Nazirjonovich – Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Rahmonqulov Bahromjon Polvonjonovich – Farg‘ona viloyati So‘x tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Jumayev O‘ktamjon Beshimovich – Buxoro viloyati Jondor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Davlatov Alimurod Ne'matjonovich – Namangan viloyati Chortoq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
mayor Xidirov Yusufjon Ilhomjonovich – Namangan viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.