16:24 / 06.06.2017
39864

IMZO GLASS energiya tejovchi oynalari mablag‘ingizni tejashni kafolatlaydi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda har bir sohada, xoh ishlab chiqarish yoki iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishi bo‘lsin, energiyani tejash dolzarblik kasb etmoqda, davr talabiga aylanmoqda.

Energiyani tejash masalasi qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ham e'tiborsiz qolayotgani yo‘q. Qurilish ishlarini amalga oshirayotganlar uchun esa, romlar, eshiklar va unga o‘rnatiladigan oynalar o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi. Oynalarning energiya tejovchi bo‘lishi esa, nur ustiga a'lo nur bo‘lishi shubhasiz. Bu borada IMZO GLASS kompaniyasi har qanday injiq mijozning ham istagini ro‘yobga chiqara oladi, deyish mumkin. Xo‘sh, nega aynan ushbu kompaniya?

IMZO GLASS kompaniyasi qisqa davr ichida aynan energiya tejovchi oynalarning keng assortimentini sotish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan ilg‘or kompaniyalardan biriga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda IMZO GLASS Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston davlatlaridan 50dan ortiq turdagi listli oynalar, gulli oynalar, Turkiyadan oyna mahsulotlari uchun turli aksessuarlarni import qilib, o‘zbekistonlik mijozlarga yetkazib beruvchi yirik kompaniyaga aylangan. Jumladan, oyna listlari va oynalar orasida shaffoflari, rangli bo‘yalgan, energiya tejovchi, (multifunksional – ko‘p funksiyali), quyoshdan himoyalovchi, gulli, reflektiv (aks ettiruvchi) oynalar ham bor. Oynalarning qalinligi 3,5mmdan – 12 mmgachani tashkil etadi.

Yuqori professionallik, raqobatbardosh narxlar va kutganingizdan ham sifatli xizmat ko‘rsatish Kompaniyaga qisqa davr ichida O‘zbekiston oyna bozorida yetakchilardan bo‘lishini ta'minladi. IMZO GLASS o‘z mijozlarini qadrlagani sababli har bir buyurtmaga jiddu-jahd va katta e'tibor bilan yondashadi. Mijozlar qulayligi uchun o‘lchash (mutlaq bepul) va yetkazib berish (Toshkent shahri doirasida va ma'lum shartlar asosida) bepul amalga oshiriladi.

IMZO GLASS kompaniyasi shourumiga kelgan mijoz, unga taklif etiladigan toblangan oyna, qo‘shoyna, multifunksional (ko‘pfunksiyali) – energiya tejovchi oynalar, quyosh nuridan himoyalovchi oynalardan o‘z didi va istagidan kelib chiqib xohlaganini tanlashi mumkin. Bunda xaridorlarga shourumning malakali mutaxassislari beminnat maslahatlari bilan yordam ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda ayrim mahsulotlarning e'tiborli jihatlariga ham qisqacha oydinlik kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Quyoshdan himoyalovchi oyna– o‘z xususiyatlariga ko‘ra, quyosh nurlaridan himoyalash vazifasini bajaradi. Bu oynalar, quyosh nurlarini qaytarish barobarida yozning jazirama haroratini xonaga o‘tkazmaydi. Yozning chillasida tashqarida 45-50 daraja bo‘lganda, bu oynalar o‘rnatilgan xona harorati ko‘pi bilan 25-27 daraja bo‘lishi ta'minlanadi. Bundan tashqari, mazkur oynalar bilan jihozlangan romlar xona yoki bino ichkarisida qulaylikni barpo etadi. Bu oynalar bilan siz quyoshdan himoyalovchi qo‘shimcha vositalar (jalyuzi, parda)ga zarurat sezmaysiz. Shuningdek, quyoshning ultrabinafsha kabi zararli nurlarini saqlaydi. Qimmatbaho gilamlar, mebellaringiz o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmaydi.

Bugungi kunda IMZO GLASS kompaniyasi esa, mijozlariga Energiya tejovchi –oynani ham tavsiya qilmoqda. Ushbu mahsulotlar qatoridan foydalanish qishning qahraton sovug‘i va yozning jazirama issig‘ida ham eng talabchan mijoz uchun qulaylik taqdim etadi.

Ko‘pfunksiyali oyna - Bu eng universal hamda aksar xaridorlarga ma'qul kelayotgan mahsulotdir. Chunki, unda harorat saqlash va quyoshning zararli nurlaridan saqlash xususiyatlari ajoyib tarzda mujassamlashgan. Shunga ko‘ra, samaradorlik ham 2 marta oshadi! U yoz mavsumida xonani isib ketishdan, qishda sovib ketishdan saqlaydi hamda yilda 365 kun xonada qulay haroratni ta'minlab beradi. Bundan tashqari, quyoshning zararli nurlarining xonaga kirishidan asrashi barobarida yorug‘lik va shaffoflikni yetarli darajada ta'minlaydi. Yilning sovuq kunlarida issiqlikning derazalar orqali tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan issiqlik uchun sarflanadigan mablag‘lar tejalishiga imkon beradi. Bu turdagi oynalarni qulaylik bilan bukish (turli shakllarga keltirish) hamda toblash ham mumkin.

Uning turli xil rang va shaffoflikdagi assortimentlari mavjud. Ko‘pfunksiyali oyna bilan bino va inshootlar fasadlarini qoplash ayniqsa foydali va samaralidir.

Bu hali hammasi emas. Kompaniya oynani bukish, oyna chetlariga ishlov berish, turli binolar fasadlariga oynalarni o‘rnatib berish (do‘konlarga keng hajmli oynalar o‘rnatish) kabi keng qamrovli xizmat turlarini ham taklif qiladi.

Xullas, “Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi”, - deydi dono xalqimiz. Shunday ekan, Kompaniyaning Toshkent shahridagi 12ta shourumlaridan biriga tashrif buyurib, o‘z ko‘zingiz bilan mahsulotlar sifati, turiga, ularning jozibasi va yuqorida aytilgan fikrlar naqadar to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, IMZO AKFA rasmiy shourumlari ichida IMZO GLASS stendlari ham bor. Bu yerda siz yuqorida ta'rifi keltirilgan mahsulotlar namunalari bilan bevosita tanishib, ularni sinab ko‘rish imkoniyatiga egasiz. Shunday ekan, IMZO GLASS shourumlariga marhamat!

Manzil: Toshkent shahri,

Uchtepa tumani, M.Shayxzoda ko‘chasi,1-a.

Murojaat uchun telefonlar: +998 95 197-56-66 / +99871 207-77-77

Ijtimoiy tarmoqlardagi manzillar: Facebook/imzoglass / Instagram/imzo_glass

Mavzuga oid
Top