22:48 / 06.06.2017
12386

Qatar milliy valyutasi kursi 2009 yildan keyingi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

Bir qator arab davlatlari Qatar bilan aloqalarni uzganlaridan keyin mamlakatda  iqtisodiy vaziyat yomonlashishidan xavotir sababli Qatar milliy valyutasi – Qatar rialining fyuchers bozorlarida kursi 2009 yildan keyingi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 6 iyunda Qatarda banklararo valyuta bozorida bir AQSh dollari 3,6470 rialdan sotilgan. Qatar markaziy banki bir dollarga 3,64 rial kursini belgiladi va Qatar valyutasini ayirboshlash shu qiymat atrofida o‘zgarib turibdi.

Top