17:00 / 06.06.2017
6741

Putin Rossiya fuqaroligini oluvchilarning qasamyod qilish taklifini kiritdi

Foto: RIA "Novosti"

RF prezidenti Vladimir Putin bundan buyon Rossiya fuqaroligini oluvchi kishilarning qasamyod qilish taklifini kiritdi. U 6 iyun, seshanba kuni davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashuvda shunday tashabbus bilan chiqdi. TASS shu haqida xabar berdi. 

"Yaxshilab o‘ylab ko‘rib, ba'zi xorijiy davlatlarning fuqarolikni olishga doir tajribasini o‘zlashtirish mumkin, unga ko‘ra, mamlakat fuqaroligini olayotgan inson tantanali ravishda qasamyod qabul qiladi va shu mamlakat qonunlari, an'analariga rioya qilishga va hurmat qilishga va'da beradi", - dedi Rossiya davlat rahbari.

Putin parlamentning quyi palatasi raisi va uning deputatlarini mazkur nizomni qonunchilikka kiritish imkonini ko‘rib chiqish masalasini o‘ylab ko‘rishni so‘radi.  

Mavzuga oid
Top