12:48 / 06.06.2017
17285

Tillerson: Tramp Rossiya bilan munosabatlarni tiklash haqida topshiriq berdi 

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, prezident Donald Tramp unga Rossiya bilan munosabatlarni barqarorlashtirish va Vashington hamda Moskva o‘rtasidagi ishonchni tiklash haqida topshiriq bergan. U bu haqda Yangi Zelandiyaga tashrifi davomida aytib o‘tgan.

"U menga aniq topshiriq berdi: muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin bo‘lgan sohalarda tezkorlik bilan ishlar olib borish", - deya Tillersonning so‘zlarini keltiradi Associated Press agentligi.

Davlat kotibining tan olishicha, ayni damda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar past darajada qolmoqda.

Shuningdek, Tillerson AQSh prezidentining Tramp saylovoldi shtabi va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalarni tekshirish Vashington hamda Moskva o‘rtasidagi munosabatlarga xalaqit berishi kerak emasligi haqidagi so‘zlarini ham eslatib o‘tgan. 

Top