16:00 / 07.06.2017
16083

Yangi global moliyaviy inqiroz 2018 yilda yuz berishi taxmin qilindi

Amerikalik tadbirkor, Rogers Holdings egasi Jim Rojyersning ma'lum qilishicha, jahon kelasi yili navbatdagi global moliyaviy inqirozga to‘qnash keladi. Bu haqda RNS xabar bermoqda.

«Men u (inqiroz) 2018 yilda, ehtimol, hattoki 2017 yilning oxirida yuz berishini kutmoqdaman. Inqirozga yaxshi tayyormanmi? Yo‘q, Chunki men qisqa pozitsiyani endigina ochish niyatidaman, u menga inqiroz yuz bersa, pul ishlab topish imkonini beradi», - dedi Rojyers.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, inqirozning boshlanishi dunyoning istalgan nuqtasida yuz berishi mumkin.

«Bu Gretsiya iqtisodiyotining yakuniy sinishi bo‘lishi mumkin, bu AQShdagi pensiya rejalari ham bo‘lishi mumkin. Aslida to‘lovlar to‘xtayotgani yo‘q, biroq fondlarda pullar tugamoqda, hamda AQShning yetakchi pensiya jamg‘armalarida muammolar paydo bo‘lishini ko‘rasiz», - deya aniqlik kiritdi amerikalik sarmoyador.

Tadbirkorning ta'kidlashicha, yangi moliyaviy inqiroz bir qator davlatlar valyutalarini mustahkamlashi ham mumkin. 

Mavzuga oid
Top