11:00 / 07.06.2017
13505

BAA bosh prokurori: Qatarga rahmi kelgan fuqarolar 15 yilga qamalishi mumkin

Foto: RIA "Novosti"

Birlashgan Arab Amirliklari bosh prokurori Hamad Saif al-Shamsining aytishicha, internetda Qatarga rahmi kelganini bildirgan yoki BAAning qo‘shni davlatga nisbatan pozitsiyasini tanqid qilgan fuqarolar jazolanishi mumkin.

Al Arabia’ning xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Qatarga nisbatan ijobiy tuyg‘ularini yoki rahmi kelganini bildirganlar uch yildan 15 yilga qadar ozodlikdan mahrum qilinishi va taxminan 150 ming AQSh dollarilik jarimaga tortilishi mumkin.

Bosh prokuror Hamad Saif al-Shamsi bundan avval ham ijtimoiy tarmoqlarda Qatarga nisbatan ijobiy fikrni bildirish endilikda jinoyat ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top