18:48 / 07.06.2017
22072

Bektemir tumanida qo‘shmachilik qilgan shaxs aniqlandi

Ma'lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni Huquqbuzarliklar profilaktika kuni deb e'lon qilinishi mahallalardagi osoyishtalik, xotirjam hayotning ta'minlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

IIVning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” joriy etilganidan boshlab hozirgi kunga qadar sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga qaraganda 6,7 foizga kamayishiga erishildi. Jinoyatning og‘ir turlaridan qotillik 19,1 foizga, bosqinchilik 13,0 foizga, bezorilik 34,7 foizga va tan jarohati yetkazish 11,2 foizga kamaydi. Huquqbuzarliklarning oldini olishi bo‘yicha aholi bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. 

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar davomida profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi B. Ikromovning xonadoni tekshirilganida, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi S. Saidov va namanganlik R. Amirbekovalarga 20.000 so‘m evaziga, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, guvohlar ishtirokida qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan. Xuddi shunday holatlardan biri Bektemir tumanida ham aniqlangan Farg‘ona viloyatilik Sh. Farmonova F.Yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik ostida Samarqand viloyatida yashovchi X. Oripova va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi R. Avazovni 50.000 so‘m pul evaziga, jinsiy aloqa qilishlari uchun qo‘shmachilik qilayotganligi aniqlanib, guvohlar ishtirokida qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Asosiy e'tibor, voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasiga qaratilib, o‘quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta'lim muassasalaridagi davomatini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmagan o‘quvchilar aniqlanib, ta'limga qaytarildi. Farzandlarini nazoratsiz qoldirgan ota-onalar va ta'lim muassasalari xodimlariga tegishli choralar ko‘rildi.

Top