13:32 / 07.06.2017
9447

Eron parlamentida yuz bergan otishma qurbonlari soni ortib bormoqda

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eron parlamenti binosida yuz bergan otishma natijasida yetti kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Tasnim agentligi xabar bergan.

Shuningdek, to‘rt nafar inson garovda ekani ma'lum qilindi.

7 iyun kuni ertalab noma'lum shaxslar Eron parlamentida o‘t ochishdi. Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berildi.

Keyinchalik Tehrondagi imom Xomeyni maqbarasida ham otishma yuz bergani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Top