19:02 / 07.06.2017
46917

Forbes dunyoning eng qimmat futbol klubi nomini ma'lum qildi

«Manchester Yunayted» Forbes talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbol klubi, deb e'tirof etildi. Forbes hisob-kitoblariga qaraganda, Manchester jamoasining qiymati 3,69 mlrd dollarga teng. 

Forbes nashri dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini e'lon qilgan. Unda so‘nggi to‘rt yil davomida Madridning «Real»i yetakchilik qilgandi, biroq, so‘nggi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» birinchilikni o‘z qo‘liga oldi. Forbes fikricha, ikkinchi o‘rinda qayd etilgan «Barselona»ning qiymati 3,64 mlrd. dollarga, uchinchi o‘rindagi «Real»niki esa 3,58 mlrd. dollarga teng.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Forbes hisob-kitoblari turli savollarni tug‘dirmoqda. Sababi, «Real» yoki «Barselona»ni xarid qilish umuman imkonsizdir (jamoalar klublarga, ya'ni kishilarning manfaat bo‘yicha birlashmalariga tegishli). Biroq, reyting tuzuvchilariga manchesterliklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari ta'sir ko‘rsatgan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari, jamoa Yevropa ligasida zafar quchdi va keyingi mavsumda YeChLda qatnashadi. «Manchester Yunayted» faqatgina reklama va homiylik shartnomalari hisobidan 405 mln. dollar ishlab oldi, bu istalgan boshqa jamoa natijasidan ko‘p. Shu bilan birga, manchesterliklarning operatsion daromadi 288 mln. dollarni tashkil etdi - «Real»dan 107 mln. dollarga ko‘proq. Bu madridliklar YeChLda g‘olib bo‘lishgani qaramay yuz berdi.

Top-10likdan shuningdek,

«Bavariya» (Germaniya) — 2,71 mlrd dollar,

«Manchester Siti» (Angliya) — 2,08 mlrd,

«Arsenal» (Angliya) — 1,93 mlrd,

«Chelsi» (Angliya) — 1,85 mlrd,

«Liverpul» (Angliya) — 1,49 mlrd,

«Yuventus» (Italiya) — 1,26 mlrd  «Tottenhem» (Angliya) — 1,06 mlrd dollar bilan joy oldi. 

 

Top