18:08 / 07.06.2017
12612

Kia yangi ixcham krossoverining dizaynini namoyish qildi

Janubiy Koreyaning Kia avtomobilsozlik kompaniyasi yangi ixcham krossoveri — Stonic tizerlarini namoyish qildi. G‘arbiy Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan model 2017 yil ikkinchi yarmida bozorga chiqariladi. 

Kia kompaniyasida izoh berishlaricha, yangi mashina nomi ikkita so‘zdan: Speedy («tez») va Tonic («tonika» — musiqada asosiy tovush) so‘zlaridan tashkil topgan. U krossoverning dinamiklik xususiyatini qayd etadi hamda «B-SUV oilasiga qandaydir yangicha havo olib kiradi».

Foto:  motor.ru

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, modelga 2017 yil 13 iyun kuni taqdimoti kutilayotgan Hyundai Kona asos bo‘lgan. Ehtimol, ikkala krossover ham 1,4-1,6 l benzinli motor va 1,6 l dizel motor bilan taklif qilinsa kerak. Hozircha, modellar qatorida barcha g‘ildiraklari yetakchi avtomobillar paydo bo‘ladimi-yo‘qmi, noma'lum.

Foto:  motor.ru

E'lon qilingan suratlarga ko‘ra, unda modelning seriyaoldi namunasi aks etgan. 

Hozircha, Kia Stonic qachon rasman taqdim etilishi ham ma'lum emas.

Foto:  motor.ru

 

Top