11:56 / 07.06.2017
7784

Tehronning boshqa qismida yana bir otishma ro‘y berdi

Eron parlamentidagi otishma bilan bir vaqtda Tehronning boshqa qismida ham o‘t ochilgan.

Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, imom Xomayni maqbarasida otishma boshlangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar bor.

Bundan avvalroq Eron parlamentiga 3 kishi bostirib, otishma boshlagani va odamlarni garovga olgani haqida xabar berilgandi. Parlament binosidagi otishma oqibatida ikki kishi jarohatlangani ma'lum.

Top