12:43 / 07.06.2017
30141

To‘rt jamoa Ronaldu uchun 180 mln yevro to‘lashga tayyor

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bir yo‘la to‘rtta klubning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, «PSJ», «Monako», Xitoy klublaridan biri va 32 yoshli futbolchining sobiq jamoasi «Manchester Yunayted» portugaliyalik uchun 180 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.

Top