11:18 / 07.06.2017
10086

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 3 medal olishdi

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan 8, 10 va 12 yoshgacha bolalar o‘rtasida tezkor shaxmat (rapid) va blits bo‘yicha birinchi jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 25 mamlakatdan 532 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etdi. Shveytsarcha tizim bo‘yicha 5'+2″ nazorat vaqti bilan to‘qqizta tur o‘ynaldi.

Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, 10 yoshgacha bolalar o‘rtasida blits bo‘yicha ochiq bellashuvlarda Islombek Sindorov oltin, Abdulbosit Sharifjonov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Qayd etish joizki, har ikki shaxmatchi ham 8 ochkodan to‘pladi, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Islombek Sindorov o‘z vatandoshidan o‘zib ketdi. Uchinchi o‘rinni 7 ochko to‘plagan rossiyalik Leonid Listsov egalladi.

Rapid bo‘yicha bolalar jahon chempionati yakunlari bo‘yicha Islombek Sindorov 10 yoshgacha bolalar o‘rtasida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top