09:44 / 08.06.2017
4312

Qirg‘iziston ShHT doirasida tashkilotning moliyaviy mexanizmlarini tashkil etishni taklif etmoqda

Qirg‘iziston bugun Ostonada o‘z ishini boshlaydigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida qator tashabbuslar bilan chiqishni rejalashtirgan. Xususan, tashkilotning moliyaviy mexanizmlarini tashkil etish masalasini muhokama qilish shular jumlasidan. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ayimkan Kulukeyeva TASS agentligiga ma'lum qilgan

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tajak anjuman yakunida oliy darajadagi uchrashuvning "asosiy siyosiy hujjati" bo‘lishi kutilayotgan deklaratsiyani imzolash kutilmoqda. U "mamlakatlar o‘zaro hamkorligining barcha sohalarini qamrab oladi". Deklaratsiyada, Qirg‘iziston tomonining "qator tashabbuslari aks etadi". 

"Masalan, Qirg‘iziston ShHTga a'zo davlatlarning umumiy chegarasini abadiy tinchlik va do‘stlik chegaralariga aylantirish, tashkilotning moliyaviy mexanizmlarini tashkil etish masalasini muhokama etishni davom ettirish va ShHT yo‘llarini rivojlantirish dasturini qabul qilishni ilgari surmoqda", - degan Kulukeyeva.

Uning aytishicha, yakuniy hujjatda, ShHT ishtirokchi davlatlarining energetika sohasida o‘zaro foydali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha "muhim band nazarda tutilgan". 

"Sammit doirasida ShHD davlat rahbarlari Kengashining birgalikdagi qarori qabul qilinadi, ularning eng muhimlaridan biri sifatida Pokiston Islom Respublikasi va Hindiston Respublikasiga tashkilotning yangi a'zosi maqomini berish bo‘ladi", - deb aniqlik kiritgan Kulukeyeva. 

Shu bilan, ikki yangi a'zoning "siyosiy-iqtisodiy, resurs va inssoniy salohiyati" e'tiborga olinganda, ShHT "sayyora aholisining 40 foizdan ortig‘ini qamrab oluvchi ta'sirli transkontinental tashkilotga aylanadi".

Top