11:21 / 08.06.2017
10713

OAV: AQShning Kiyevdagi elchixonasi hududida portlash yuz berdi

Foto: Kiyev politsiyasi

Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi AQSh elchixonasi hududida portlash ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Espreso.tv.

Ta'kidlanishicha, hodisa joyiga politsiya, Milliy gvardiya va tergov-tezkor guruh xodimlari yetib kelgan. Elchixona binosi o‘rab olindi.

RIA Novosti’ning Kiyev politsiya boshqarmasi matbuot xizmatiga asosan xabar berishicha, ushbu holat bo‘yicha “Terakt” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Ko‘zdan kechirish jarayonida ma'lum bo‘lishicha, noma'lum shaxs diplomatik vakolatxona hududiga portlovchi qurilmani otgan», - deyiladi xabarda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Mavzuga oid
Top