17:18 / 08.06.2017
16473

Toshkent davlat agrar universiteti rektori kollej o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashdi

Toshkent davlat agrar universiteti rektori professor Botir Sulaymonov  va qator professor-o‘qituvchilar Chinoz tumani Chinoz-Olmazor qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji va Qibray tumani Qibray qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlarida bo‘lib, kollej talabalari hamda pedagoglari bilan urashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvda Respublika miqyosidagi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan 132 ta o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tizimdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlariga biriktirilganligi ta'kidlandi. Jumladan, Toshkent davlat universitetiga 18 ta kasb-xunar kolleji biriktirilganligi aytilib, mazkur kollejlar bilan nafaqat o‘quv-uslubiy jihatdan balki kasb-hunar kollejlaridagi mavjud sharoitlar, davlat tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ulardan hamkorlikda samarali foydalanish lozimligi gapirildi.

Bu borada oliy ta'lim muassasalari va o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarining o‘zaro uzluksizligi va uzviyligini kuchaytirish, mavjud aloqalarni jonlantirish borasida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi maqsad va vazifalari, belgilangan chora-tadbirlar va ularning nazorati yuzasidan to‘xtalib, asosan, Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalarini o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalaridan yanada samarali foydalanishda agrar sohada faoliyat olib borayotgan salohiyatli akademiklar, professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlik qilish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

 

Top