10:00 / 09.06.2017
16619

Olimlar yer osti okeanida qanday miqdorda suv borligini ma'lum qilishdi

Geologlar xalqaro guruhi sayyoramizning yer osti okeanida mavjud bo‘lgan suv zaxirasi miqdorini aniqladi. Mutaxassislarning fikricha, yer ostida Dunyo okeanida qancha suv bo‘lsa, shuncha miqdorda suv bor. Bu haqda New Scientist nashri ma'lum qildi. 

Nashrning ta'kidlashicha, yer sirtidan 410 km dan 660 km gacha chuqurlikda, quyi va yuqori mantiyalarni ajratib turuvchi qatlamda barcha okeanlarda mavjud suvga teng miqdorda suv bor.  

Olimlar o‘z tasdiqlarida minerallar, jumladan, ringvudit minerali sayyoramiz mantiyasida saqlanadigan sharoitlarni imitatsiya qilishga asoslangan hisob-kitoblarga tayanishmoqda. 

Top