18:27 / 09.06.2017
13954

«Real»dan ketsa tentak bo‘lishini aytgan Morata ingliz jamoasiga o‘tishga rozi bo‘ldi

«Real» hujumchisi Alvaro Morata «Manchester Yunayted»ga o‘tishga rozilik bergan.

The Telegraph tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi inglizlar jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish borasida kelishib olgan. Bu hujumchi Antuan Grizmanning transferi barbod bo‘lgach, «Manchester Yunayted»ning asosiy maqsadiga aylangandi.  U markaziy hujumda Zlatan Ibrahimovichning o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan.

«Manchester Yunayted» hozircha «Real» bilan transfer borasida kelishmagan. Madridliklar avvalroq manchesterliklarning 52,3 million funtlik taklifni rad etgan va uning bahosi 90 million ekanini ma'lum qilgandi. Endi «Manchester Yunayted» 60 million funt taklif qilmoqchi.

Bundan avvalroq Alvaro Morata «agar «Real»dan ketsa, jinnidan farqi qolmasligi» haqida gapirgandi.

«Men futbol o‘ynamoqchiman, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishim kerak. Chunki keyingi yilda jahon chempionati o‘tkaziladi. Asosiy tarkibdagi o‘rnim uchun kurashishim lozim.

«Real»ni tark etmayman, agar bu ishni qilsam, jinnidan farqim qolmaydi.

Italiyaga qaytish? Buni tasavvur qila olmayman. To‘g‘ri u yerda orttirgan tajribam men uchun juda qimmatli bo‘ldi. Ammo, Italiyada men uchun yagona klub - «Yuventus»dir» - deya o‘zining «MYu» yoki «Milan»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgandi Morata.

Mavzuga oid
Top