11:50 / 09.06.2017
6329

Tereza Mey iste'foga chiqmoqchi emas

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlament uchun saylov natijalari konservatorlar uchun qoniqarli bo‘lmagan bo‘lsada, iste'foga chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Bi-bi-si o‘z manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Mey yaqin vaqt ichida saylov yakunlari bo‘yicha chiqish qiladi. Bu saylovda u rahbarligidagi Konservatorlar uchun kutilgan natijalar qayd etilmadi.

Tereza Mey iste'foga chiqishi mumkin: uning partiyasi saylovda yetarli ovoz to‘play olmadi

Toshkent vaqti bilan soat 11:30 holatiga ko‘ra, Konservatorlarda 314, Leyboristlarda 261, Shotlandiya milliy partiyasida esa 35 mandat. Liberal-demokratik partiya 12 o‘rin olgan, Demokratik yunionlarda 10, Mustaqillik partiyasida (o‘ta o‘ng kuchlar) mandan yo‘q.

Hozircha yana bir nechta saylov uchastkasida ovozlar hisoblab bo‘linmadi. Lekin umumiy ko‘rinish o‘zgarishi kutilmayapti.

Hech bir partiya mutlaq ustunlikka erisha olmadi. Holbuki 2015 yilgi saylovda konservatorlar 330 mandatga ega bo‘lgandi. Tereza Mey esa avvalgi natijadan 6ta kam o‘rin olingan taqdirda iste'foga ketishi haqida aytgandi (2015 yilgi saylov natijalariga ko‘ra konservatorlar 16ta, shotlandlar 22ta o‘rin yo‘qotdi. Leyboristlar 34ta, liberallar 6ta ko‘p o‘rin oldi).

Top