01:26 / 10.06.2017
88830

Alisher Usmonov: «Hayotimdagi eng katta orzuim ushaldi»

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida qilichbozlar 12 komplekt medallar uchun kurashishadi: 6 ta shaxsiy birinchilikda, 6 tasi jamoaviy turnirlarda.

Ilgari har bir Olimpiadada musobaqalar dasturidan ikkitadan jamoaviy turnirlar olib tashlanar, shaxsiy musobaqalarda esa bir mamlakatdan faqat ikki vakil qatnashishi mumkin edi.

XOQ qarorini FIYe prezidenti Alisher Usmonov shunday izohladi:

«Eng katta orzum ushaldi. Men FIE prezidentligi lavozimida ish boshlagan kunimdanoq bu maqsadni o‘zim uchun bosh ustuvor vazifa etib belgilab olgan edim. XOQning ushbu qarori bizning qilichbozlikni yaxshilash, uni yanada jozibador va ommaviy sport turiga aylantirish yo‘lidagi ko‘p yillik ishlarimizda to‘g‘ri yo‘ldan borganimizni isbotlab turibdi. Endi barcha qilichbozlar Olimpiada o‘yinlarida qatnashish uchun teng imkoniyatlarga ega. Sportchilar, milliy federatsiyalar va qilichbozlik olamidagi barcha-barcha bu qaror uchun XOQ ijroiya qo‘mitasi va Olimpiada dasturi Komissiyasidan minnatdor», — deya Alisher Usmonovning so‘zlarini keltiradi Rossiya qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati.

Top