12:40 / 10.06.2017
10441

Bolgariya prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish tarafdori 

Foto: RIA "Novosti"

Bolgariya prezidenti Rumen Radevning bayonot berishicha, u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Biroq, shu bilan birga, u bu jarayonni boshlab bera olmaydi. 

"Men ushbu sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha harakatlarni bajonidil qo‘llab-quvvatlayman, ammo, shu narsa tushunarli bo‘lishi kerakki, prezident mustaqil ravishda bu harakatlarni boshlay olmaydi", — degan Radev BTV telekanaliga bergan intervyuda.

Uning qayd etishicha, YeI mexanizmi shunday tuzilganki, unga a'zo bir mamlakat sanksiyalarni bekor qilish jarayonini boshlashi mumkin. Ertami-kechmi, bu yuz beradi, chunki o‘zaro cheklov choralari faqat zarar keltiradi. 

Rossiya va G‘arb mamlakatlai o‘rtasidagi munosabatlar Qrim va Ukrainadagi vaziyat tufayli yomonlashdi. 2014 yil iyul oxirida YeI va AQSh manzilli sanksiyalar qo‘llashni boshlagan bo‘lsa, keyinchalik, bular Rossiya iqtisodiyotining butun sohalariga joriy etila boshlandi. Bunga javoban, Rossiya ham AQSh, YeI, Kanada, Avstraliya va Norvegiyaga qarshi sanksiyalarni kiritdi.

Mavzuga oid
Top