23:19 / 10.06.2017
3954

Fransiyaning dengiz orti hududlarida parlament saylovlari boshlandi

Foto: Getty Images

Fransiyaning dengiz orti hududlarida Fransiya parlamentiga saylovlarning 1-bosqichi doirasida ovoz berish boshlandi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda

Sen-Per va Mikelon orollaridagi saylovchilar ovoz berishmoqda. Ular 5 nomzoddan bir deputatni saylaydilar. Nomzodlar orasida dengiz orti hududlarining amaldagi vaziri Annik Jirardin bor.

Bu orollarda 4971 nafar saylovchi uchun 4 ta saylov uchastkasi ochilgan.

Keyinroq saylovlar Gvadelupe, Martinika, Frantsuz Gvianasi va Frantsuz Polineziyasida boshlanadi. Fransiyaning o‘zida esa saylov uchastkalari 11 iyun ertalabdan ochiladi.

Ma'lum qilinishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron partiyasi parlamentga saylovlar oldidan yetakchilik qilmoqda.  

Fransiya parlamentiga saylovlar 2 bosqichda 11 va 18 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Frantsuzlar 577 depatutni saylaydilar.

Top