23:14 / 10.06.2017
5771

Germaniya Fransiya bilan harbiy ittifoq tuzmoqchi

Foto: SS0

Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen yevropaliklar o‘z mudofaalarini o‘z qo‘llariga olishlari kerakligini va shu sababli Germaniyaga Yevropa davlatlari, birinchi navbatda Fransiya bilan yaqindan harbiy hamkorlik zarurligini aytdi.      

Uning aytishicha, Yevropa na AQShga, na Buyuk Britaniyaga boshqa ishona olmaydi. Germaniya rejalarida Yevropa mudofaa dronlarini birgalikda moliyalashtirish, Germaniya va Fransiya o‘rtasida havo aloqasini yaxshilash hamda Yevropa davlatlari zobitlarini tayyorlash bor.
 
"Brexit bo‘yicha referendum va AQShdagi saylovlar bizning ko‘zimizni ochdi. Biz, yevropaliklar, o‘z mudofaamizni o‘z qo‘limizga olishimiz darkor", deb aytdi fon der Lyayyen Handelsblatt nashriga bergan intervyusida.
 
Bundan tashqari, fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi yagona armiya yaratmasligini, biroq Yevropa Ittifoqi a'zolari ham harbiy, ham fuqarolik tuzilmalarini yaxshiroq muvofiqlashtirishlari zarurligini aytdi.  

Germaniya mudofaa vaziri, shuningdek, "milliy parlamentlar ularning harbiylari qaysi operatsiyalarda ishtirok etishlarini o‘zlari hal qilishlarini" va "Yevropa Ittifoqi NATOning raqobatchisi emasligini" qo‘shimcha qildi.  

Top