22:06 / 10.06.2017
12146

Moskva viloyatida erkak uyi derazasidan odamlarni o‘qqa tutdi

Foto: RIA Novosti

Moskva viloyatining Rameno tumanidagi Kratovo qishlog‘ida yashovchi erkak uyida qamalib olib, derazadan turib odamlarga o‘q uzgan. Bu haqda viloyat huquq-tartibot idoralaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.  

Voqea joyiga yetib kelgan Rosgvardiya jangchilari uyni shturm qilishgan.

Moskva viloyati tergov boshqarmasi boshlig‘ining katta yordamchisi Yelena Fokinaning ma'lum qilishicha, otishma oqibatida uch kishi yaralangan, ularning barchasi uy yonidan o‘tib ketayotgan tasodifiy odamlar bo‘lganlar. Ulardan ikki nafari tuman markaziy shifoxonasiga, yana bir erkak Jukovskiydagi shifoxonaga yuborilgan.  

Politsiyada ma'lum qilinishicha, uy hovlisida o‘lik holda bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan ikki odam bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchi 1967 yilda tug‘ilgan bo‘lib, ov qurolidan o‘q uzgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari o‘rnatilmoqda.

Top