18:22 / 10.06.2017
8684

Toshkentda 3 ta YTH ro‘y berdi, 1 inson vafot etdi

Foto: "Kun"

2017 yilning 8 iyun kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yilning 8 iyun kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 4107 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 924 tasini qo‘pol turdagi,12 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 8 iyun kuni jami 1145 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 646 tasini svetoforning ta'qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 499 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top